APLda ilk iste'fo yaqin. Jamoaga yangi murabbiylikka nomzodlar ham ma'lum - The Athletic

9 noya 2026, 10:20
"Kristal Pelas" Angliya chempionatidagi ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan so'ng murabbiyni iste'foga chiqarishga hozirlanmoqda.

Bu ushbu mavsumda ligadagi ilk iste'fo bo'ladi, deb xabar beradi The Athletic.

Per Saj jamoasi APLning 10-turida "Liverpul"ga imkoniyatni boy berib (1:3), 7 ochko bilan turnir jadvalining eng so'nggi, 20-o'rinini egallab turibdi. Saj yozda Oliver Glasner o'rnini egallab, jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgan edi. 47 yoshli francuz qo'l ostida "burgutlar" barcha turnirlarda 5 ta o'yinda g'alaba qozonishdi, 8 ta mag'lubiyatga uchrashdi va uch bor durang o'ynashdi.

"Pelas" terma jamoalar o'yinlari sababli yuzaga keladigan ikki haftalik tanaffus vaqtida yangi murabbiyni tayinlashni rejalashtirmoqda. Nomzodlar orasida feraral oyida o'zlarining avvalgi klublari - "Tottenxem" va "Nottingem Forest"ni tark etgan Tomas Frank hamda Shon Daych bor.

Shuningdek, ehtimoliy vorislar qatorida o'tgan yozda "Nottingem"dan ketgan Vitor Pereyra va "Pelas" tarkibida besh mavsum o'tkazgan sobiq markaziy himoyachi, hozirda Avstraliya terma jamoasini boshqarayotgan Toni Popovich ham ko'rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, klubda "Koventri"da faoliyat yuritayotgan Frenk Lempardga nisbatan ham xayrixohlik bildirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic