

Bu haqda "The Times" nashriga tayanib "Sport.es" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "kanonirlar"ning rejasi - o'yinchining "Barselona"ga o'tish fikridan voz kechishini kutish va shundan so'ng hujumchiga hamda "Atletiko"ga maqul keladigan o'z shartlarini taqdim etishdan iborat. Takidlanishicha, "Arsenal" "Atletiko"ning "Barselona"ga o'tishni to'sishda davom etishiga va bu orqali kelishuvni avgust oyidayoq qisqa muddatda yakunlashga umid qilmoqda. Hammasi argentinalik futbolchining qatiyatiga bog'liq bo'ladi.
Avvalroq Alvares vaziyatini "Barselona" va "Real" kuzatib borayotgan Ispaniyada qolishga qarshi emas edi. Biroq madridliklar o'zlarining bevosita raqobatchilarini kuchaytirishni istashmayapti. Bundan tashqari, futbolchiga PSJ ham qiziqish bildirgan edi.
Xabar qilinishicha, aynan Alvares ushbu transfer oynasida "Arsenal" uchun hujum chizig'ini kuchaytirishga asosiy nomzod hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilning yozida "Atletiko" 26 yoshli argentinalikni "Manchester Siti"dan 75 million evroga sotib olgan edi. 2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



