"Atletiko"ning 9 nafar futbolchisi JCH-2026 finalida ishtirok etmoqda - bu "Yuventus"ning 1934 yildagi rekordi takrorlanishi

20 iyul 2026, 01:02
"Atletiko"ning to'qqiz nafar futbolchisi JCH-2026 finalida ishtirok etmoqda.

Ispaniya terma jamoasi safida Markos Lorente, Mark Pubil, Aleks Baena va Aleks Grimaldo o'ynamoqda. Ushbu to'rt nafar futbolchidan faqat Baena asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Argentina terma jamoasi safida Xuan Musso, Nauel Molina, Juliano Simeone, Tyago Almada va Xulian Alvares bor. Ulardan Alvares ilk daqiqalardanoq maydonga tushdi.

Shu tariqa, "Atletiko" "Yuventus"ning 1934 yildagi rekordini takrorladi. O'shanda Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vittorio Pozzo jahon chempionati finaliga Chexoslovakiyaga qarshi turinliklarning to'qqiz nafar futbolchisini chaqirgan edi: asosiy tarkibda maydonga tushgan Janpero Kombi, Luiji Bertolini, Jovanni Ferrari, Luis Monti va Raymundo Orsi, shuningdek zaxirada qolgan Virginio Rozetta, Umberto Kaligaris, Feliche Borel va Mario Varlen.

O'xshash yangiliklar


Manba: TyC Sports