Laporta Alvares haqida: “Bir necha bor o'yinchi “Barsa”ga o'tmaydi deyishgan, yakunda esa o'tgan. Bizning “Atletiko”ga bergan taklifimiz juda yaxshi”

19 iyul 2026, 17:25
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi "Atletiko"ga hujumchi Xulian Alvares transferi bo'yicha taklif berganini tasdiqladi.

Avvalroq, madridliklar bosh direktori Migel Anxel Xil Marin klub argentinalikni 100 yoki 200 million evroga sotishga rozi bo'lmasligini ma'lum qilgan edi.

Biz taklif berdik. Bu murabbiyimiz xohlagan futbolchi, shuning uchun ham "Atletiko"ga taklif yubordik. Bu biz uchun juda jiddiy va juda va juda yaxshi taklif.

Men har kimning fikrini hurmat qilaman. Migel Anxel va boshqalarning fikrini hurmat qilaman. O'yinchi hech qachon "Barselona"ga o'tmaydi deyilgan holatlar juda ko'p bo'lgan, ammo u o'tgan.

Futbolchi ketmoqchi bo'lsa, "Barselona"ning poziciyasi shunday: biz unga to'sqinlik qilmaymiz. Katta klub norozi futbolchilarni ushlab tura olmaydi.

Gap faqat qilingan taklifda emas. Ammo yaxshi taklif tushsa, undan foydalanish kerak”, - dedi Laporta.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca