

Londonliklar "Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rojersni nishonga olishdi. Futbolchining mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining narxini 90 million evroga baholamoqda.
Morgan Rojers o'tgan mavsumda "Aston Villa" safida 55 ta o'yin o'tkazdi. Unda yarim himoyachi 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



