

Angliya grandi 21 yoshli italiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Shu bilan birga, "Inter" o'yinchi uchun kurashda qolishda davom etmoqda, biroq "Atalanta" hali hech bir klub bilan bitim miqdori bo'yicha kelishib olmagan.
Palestra Italiya chempionatining o'tgan mavsumida "Kalyari"da ijara asosida o'ynadi. Himoyachi 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Palestra mavsum so'nggida Italiya A Seriyasining eng yaxshi himoyachisi deb topildi.



