Misr terma jamoasidan Jahon chempionati oldidan liboslar dizaynini o'zgartirish talab qilindi

Iskandarov Abdulaziz
13 iyun 2026, 19:25
Yana bir terma jamoa bilan mana shunday muammo yuzaga keldi.

Misr milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati starti oldidan o'yin liboslari dizayniga o'zgartirish kiritishga majbur bo'ldi. Afrikalik insayder Mayki Juniorning xabar berishicha, FIFA Misr tomonidan emblema ustidagi yulduzlarni olib tashlashni va libosdagi ranglar uyg'unligini to'g'irlashni talab qilgan.

Milliy assotsiatsiya logotipi tepasidagi ettita yulduz Misr terma jamoasining Afrika Millatlar Kubogidagi zafarlarini anglatadi. Biroq, FIFA reglamentiga ko'ra, Jahon chempionati uchrashuvlarida faqatgina dunyo birinchiligida g'olib chiqqan jamoalargagina emblema ustiga yulduz qo'yishga ruxsat beriladi. Qita chempionligi uchun yulduz taqish mundial qoidalariga zid hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro tashkilot liboslardagi futbolchilarning familiyasi va raqamlari oltin rangda yozilganiga ham etiroz bildirgan.

Eslatib o'tamiz, Misr terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining G kvartetida Belgiya, Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif