Leandro Trossard "Arsenal”dan APLning boshqa klubiga o'tishi mumkin

6 iyun 2026, 18:54
"Arsenal" o'yinchisi Leandro Trossard klubini o'zgartirishi mumkin.

Bu haqda Ekrem Konur xabar bermoqda.

Unga to'rtta klub da'vogarlik qilmoqda. Trossard bilan APLning "Aston Villa" va "Nyukasl" klublari shartnoma imzolamoqchi. Shuningdek, vingerga "Inter" va "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda.

Leandro Trossard o'tgan mavsumda "Arsenal" safida 50 ta o'yin o'tkazdi. Ularda vinger sakkizta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/Ekremkonur