"Arsenal" va PSJ bir futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2026, 21:51
"Arsenal" 2026 yilning yozida "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni sotib olish uchun PSJ bilan jiddiy raqobatga duch kelishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "kanonirlar" mavsum oralig'ida hujum chizig'ini kuchaytirishga harakat qilmoqda va agar "Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rojers bilan kelishuv amalga oshmasa, 26 yoshli ingliz futbolchisiga murojaat qiladi.

Biroq PSJ ham APL 2025/26 yilgi mavsumida 15 ta gol urgan Gibbs-Uaytning rivojlanishini kuzatmoqda.

Gibbs-Uayt 2022 yilning avgustidan beri "Nottingem Forest"da. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 53 o'yinda 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun