Niderlandiya tarkibida yo'qotish: "Arsenal" futbolchisi mundialda qatnashmaydi
Aslanov Jasurbek
8 iyun 2026, 22:54
Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Yurrien Timber Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.
"Arsenal" himoyachisi bir muncha vaqtdan beri jarohatdan aziyat chekayotgan edi va musobaqa startiga qadar to'liq tiklanishga ulgurmadi. Bosh murabbiy Ronald Kuman tarkibida Timberning o'rnini Lutsharel Gertryuyda egallaydi.