

Gorecka 2025/26 yilgi mavsum yakunida "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etadi. Avvalroq Leonga "Milan”, "Yuventus" va "Inter" tomonidan qiziqish bildirilgani xabar qilingandi.
31 yoshli yarim himoyachi Germaniya chempionatining o'tgan mavsumida "Bavariya" safida 31 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



