Pulishich "Roma" futbolchisiga aylanishi mumkin

13 iyun 2026, 19:00
Amerikalik hujumchi Kristian Pulishich klubini o'zgartirishi mumkin, u "Roma"ga o'tish ehtimoli bor.

Pulishich uch yildan beri "Milan"da o'ynamoqda, biroq so'nggi paytlarda uning maydondagi ishlari yaxshi ketmayapti, u klub uchun so'nggi golini o'tgan yili urgandi.

Endilikda nufuzli jurnalist Alfredo Pedulla Pulishich Rimning "Roma" klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar bermoqda. Uning so'zlariga ko'ra, futbolchining agenti allaqachon ushbu masala bo'yicha Rim klubi rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Roma" so'nggi turda A Seriya turnir jadvalida "Milan"ni ortda qoldirishga muvaffaq bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: alfredopedulla.com