

Superliga
14-tur
“Andijon” – “Buxoro” 2:0
Andijon. “Bobur Arena”. 20:00
Gol: Odilbek Abdumajidov (Azizbek Turg'unboev) 53’, Hamidullo Karimov (Dragan Cheran) 90’
Bosh hakam: Akobirxo'ja Shukurullaev
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Sultonbek Zaylobiddinov
Komissar: Qudrat Madraimov
"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 6.Aleksandre Andronikashvili, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (10.Dragan Cheran, 56), 11.Humoyunmirzo Iminov (27.Martin Boake, 86), 15.Nemanya Chalasan, 17.Azizbek Turg'unboev (33.Doniyor Abdumannopov, 68), 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov (18.Damir Temirov, 86), 28.Bekzod Sulaymonov (70.Hamidullo Karimov, 86), 77.Mahmudjon Mahamadjonov.
Zaxira: 21.Nematulloh Rustamjonov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 14.Abdurahmon Komilov, 88.Shohjahon Yorqinboev.
“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev, 6.Ravshan Xayrullaev (8.Anvarjon Jo'raev, 73), 7.Xurshid Muxtorov, 11.Timur Mamasidiqov (10.Shahzodbek Ubaydullaev, 73), 17.Javohir Ro'ziev (25.Sherzod Esanov, 28), 22.Asadbek Jo'raboev (9.Nika Kacharava, 61), 27.Muhammad Yuldashev, 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich (77.Asilbek Qayyumov, 73), 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Sardor Qulmatov, 14.Islombek Baratov, 19.Abbos Umarov.
Ogohlantirishlar: Muhammadkarim Toirov (51), Dragan Cheran (79).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+5. Doniyor Abdumannopov qanotda to'pni ushlagan holda vaqt o'tishini taminlayapti.
90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi.
90. GOL! Cheranning pasidan so'ng to'pni qabul qilib olgan Karimov chap oyoqda ishonch bilan zarba berib, darvozaga yo'l topdi - 2:0!
86. “Andijon”da 3 ta o'zgarish: Toirov o'rniga Temirov, Iminov o'rniga Boake, Sulaymonov o'rniga Karimov tushirildi.
81. Chalasan hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
79. Cheran hakamga ochiqchasiga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi.
76. Toirov maydon markazida Qayyumovni yiqitdi.
73. “Buxoro”da 3 ta almashtirish: Rodich o'rniga Qayyumov, Mamasidiqov o'rniga Ubaydullaev, Xayrullaev o'rniga Jo'raev maydonga tushdi.
69. Zarba! Iminovning pasidan keyin Cheran erlatib zarba yo'lladi, Hamroev o'z o'rnida!
68. “Andijon”da almashtirish: Turg'unboev o'z o'rnini Abdumannopovga bo'shatib berdi.
67. Futbolchilarga suv ichib olish uchun imkoniyat yaratildi.
66. Esanov burchak zarbasi ishlash niyatida to'pni raqib tomon tepdi, ammo zarba kuchsiz chiqqani uchun uning rejasi ish bermadi.
62. Uuux! Rodichning yaqin masofadan bergan zarbasini Adhamov bartaraf qildi.
61. “Buxoro”da almashtirish: Jo'raboev o'rniga Kacharava bahsni davom ettiradi.
60. Ismonaliev qanotdan oldinga o'tib, ichkariga pas uzatishga urindi, ammo uning yo'liga Yuldashev to'g'anoq bo'ldi.
56. “Andijon”da o'zgarish: Xoldorxonov o'rniga Cheran tushirildi.
53. GOL! Xoldorxonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Turg'unboev boshi bilan Abdumajidov tomon uzatdi, himoyachining o'ng oyoqdagi zarbasi esa darvoza to'ridan joy oldi - 1:0!
52. Zarba! Sulaymonovning zarbasi o'zining sherigi, Toirovga tegib qoldi.
51. Muhammadkarim Toirov bolaligida Maradonaga havas qilgan ko'rinadi. U Turg'unboevning uzatmasidan keyin to'pni qo'li bilan darvozaga kiritgani uchun ogohlantirildi.
50. Turg'unboev Mladovich bilan kelisha olmay qoldi, hakam “Andijon” a'zosidan o'zini bosishni so'ramoqda.
48. Zarba! Sulaymonovning qanotdan bergan zarbasini Hamroev qaytardi.
47. Xoldorxonovning jarima zarbasidan oshirgan to'pi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!
45+1. Xoldorxonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini darvozabon Hamroev urib yubordi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Abdumajidov Rodichning oyog'ini bosib oldi, legioner futbolchi biroz maydonda yotdi va keyin o'rnidan turdi.
43. Sulaymonovning havolatib oshirgan kuchli pasidan so'ng hech kim to'pga ega chiqolmadi.
40. Sulaymonov qanotdan oldinga o'tib ketmoqchi bo'lib, Jo'rabekovni yiqitdi, hakam buni payqadi.
36. Zarba! Azizbek Turg'unboevning olisdan yo'llagan kuchli zarbasiga sal aniqlik yetishmadi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
34. Turg'unboev Ismonalievdan to'pni qabul qilib, qanotdan oldinga borib, ichkariga erlatib pas berdi, uni dastlab himoyachi, keyin darvozabon darvozadan uzoqlashtirdi.
30. Andronikashvilining havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Sulaymonov qulay nuqtada to'pni qabul qilib olib, Xoldorxonovga pas berdi. Ammo keyin hakam hushtagi chalindi, boiisi Sulaymonov ofsaydda qolgan ekan.
28. “Buxoro”da o'zgarish: Ro'ziev o'rniga Esanov bahsni davom ettiradi.
28. Javohir Ro'zievga maydonda shifokorlar tomonidan yordam ko'rsatildi.
26. Abdumajidov to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi, Ro'ziev maydonda yotibdi.
24. Salqinlanish vaqti e'lon qilindi.
23. Xoldorxonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Andronikashvili boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo to'pni himoyachi qaytarishga erishdi.
20. Sulaymonovning uzun pasidan keyin Xoldorxonov to'pni maydonda olib qololmadi.
19. Rodich Sulaymonovga nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi.
17. Jo'rabekov hujum vaqtida qanotda Mahamadjonovga nisbatan qoidani buzdi.
14. Andronikashvilining yaxshi o'ylangan pasini Turg'unboev tushunmay qoldi, natijada Hamroev to'pga ega chiqdi.
12. Uuux! Qanday vaziyat! Mahamadjonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Turg'unboev dastlab o'ng oyoqda, keyin chap oyoqda zarba berdi, uni Hamroev qaytardi.
8. Chalasan Jo'raboev bilan to'qnashuvda jabrlandi. U hakamga befarqlik uchun etiroz bildirmoqda.
7. Uux! Turg'unboev qanotdan uzatilgan qulay pasdan keyin noaniq zarbaga mualliflik qildi.
6. “Andijon” barchak zarbasiga ega bo'lib, to'pni o'yinga kiritdi, biroq Iminov uni oldirdi.
3. “Andijon” to'pga egalik qilgan holda o'yinni nazorati ostida ushlab turibdi.
1. Uchrashuv boshlandi!



