

Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda.
Avvalroq 20 yoshli o'yinchi Madridning "Atletiko" klubidan Xulian Alvares transferi amalga oshmay qolgan taqdirda "Barselona"ning short-listiga kiritilgani haqida ma'lumot berilgan edi.
Chorshanba kuni Krupi "Bornmut"ning Avstriyadagi mavsumlararo yig'ini vaqtida orttirib olgan oyoq jarohatidan so'ng operaciyani boshdan kechirdi.
"Xabarlar uchun barchaga rahmat. Oilam va men chin dildan to'lqinlandik. Operaciya yaxshi o'tdi. Hozir bor e'tiborim sog'ayishga qaratilgan. Tez orada ko'rishguncha", - deb yozdi Krupi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
O'tgan mavsumda francuz forvardi Angliya Premer-ligasining 33 ta o'yinida 13 ta gol urgan edi.
Krupining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.




