

Unga ko'ra, 2027 yilgi U-17 Osiyo kubogi O'zbekistonda bo'lib o'tishi belgilandi. Shuningdek, 2029 yilgi U-17 Osiyo kubogi Saudiya Arabistonida o'tkazilishi ma'lum qilindi.
Yig'ilishda yana bir muhim masala - 2028 yilgi U-23 Osiyo kubogi mezboni ham aniqlandi. Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga Osiyo saralashi vazifasini bajaradigan ushbu musobaqaga Yaponiya mezbonlik qiladi.
Bundan tashqari, OFK Ijroiya qo'mitasi qita klublar musobaqalari va yoshlar turnirlari reglamentiga oid qator o'zgarishlarni ham tasdiqladi. Xususan, 2026/27-yilgi mavsumdan boshlab AFC Champions League Elite musobaqasi yangi 32 jamoalik format asosida o'tkaziladi hamda U-20 Osiyo kubogi saralash tizimiga ham qator yangiliklar joriy etiladi.



