FIFA Argentina terma jamoasiga nisbatan uchta band bo'yicha surishtiruv boshladi

30 iyul 2026, 10:00
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) JCH-2026 yarim finalidagi Angliyaga qarshi o'yinda (2:1) Folklend orollari haqidagi banner, shuningdek, boshqa bir qator masalalar yuzasidan Argentina futbol assotsiatsiyasiga (AFA) nisbatan rasman surishtiruv boshladi.

Bu haqda "BBC Sport" jurnalisti Deyl Djonson X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar beradi.

Kun tartibidagi bandlar: sport tadbiridan nosport tusidagi namoyishlar uchun foydalanish, jamoaning nojo'ya xatti-harakatlari, shuningdek kamsitish va irqchilik haqoratlari hisoblanadi.

Yarim final o'yinidan so'ng Argentina terma jamoasi futbolchilari maydonga "Malvin orollari - Argentinaniki" degan yozuvli bannerni olib chiqishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport