

Branchinining so'zlariga ko'ra, "Los Blankos" bosh murabbiyi Xabi Alonso 20 yoshli turkni sotib olish uchun Mbappedan tashqari "Real"ning istalgan futbolchisini sotishga tayyor.
Yildiz bu mavsumda barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt nashri futbolchini 75 million evroga baholagan.



