"Yuventus" Yildizning "Arsenal"ga o'tishi borasida qaror qabul qildi

20 iyun 2026, 20:27
"Yuventus" va "Arsenal" qanot himoyachisi Kenan Yildizning transferi bo'yicha muzokaralar olib bordi.

Ammo, turinliklar futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortdi. Italiya klubi Yildiz 2026 yilgi Jahon chempionatida Turkiya terma jamoasi tarkibida o'z qiymatini oshira olishiga umid qilmoqda. Qayd etilishicha, futbolchining o'zi "Arsenal"ga o'tishga rozilik bergan.

Kenan Yildiz "Yuventus" safida jami A Seriyada 98 ta o'yin o'tkazgan. Ularda vinger 19 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: tuttosport.com