

Turinliklar A Seriya mavsumini turnir jadvalida 6-o'rinda yakunlashdi.
"Bu - muvaffaqiyatsizlik va men buni inkor etmoqchi emasman. Biz yaqin kelajak uchun poydevor yaratgan edik, ammo natijalar kutilganidek bo'lmadi. Ichimdan nimalar o'tayotganini juda yaxshi his qilyapman.
Biz yana bir futbolchining ketishini kutyapmiz. Bu kutilmagan sovg'a bo'ladi deb ayta olaman. Ammo biz, shuningdek, UEFA bilan tuzilgan kelishuvga asosan rioya qilinishi kerak bo'lgan moliyaviy talablar fonida jamoaning umumiy darajasi yuksalishini ham kutmoqdamiz.
– Yildizning kelajagi so'roq ostidami?
– Kulgimni qistatmang, Kenan hech qaerga kyetmaydi.
Kapitalni oshirish rejalashtirilmagan va har qanday holatda ham transfer bozorida undan foydalana olmas edik. Spalletti hamma narsani biladi va vaziyatni tushunib turibdi, biz mana shu yo'nalishda ish tutishga majburmiz. Biroq bu raqiblardan o'zib keta oladigan "Yuventus"ni barpo eta olmaymiz degani emas", - dedi Komolli.



