

"Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Butun jamoani ham. Bu juda yoqimli. Yigitlar yana bir marotaba xarakter ko'rsatishdi va sabr qila olishdi. Birinchi bo'limning 15-daqiqalaridan so'ng vaziyat biz tomonda emas edi. O'sha vaziyatda gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi, ammo biz chidab bera oldik. "Neftchi" shunchaki ajoyib va hujumkor jamoa. Yigitlar bugun juda tartibli o'ynashdi. Raqib xatolaridan foydalanib keta oldik. Bunday jiddiy raqibni enga olganimiz juda yoqimli", - deya gap boshladi Aleksandr Xomyakov.
- Filipovich va Mladovichning holatlari qanday?
- Filipovichning ahvoli ancha og'irroq. Jarohat yana qaytalandi. Uni erta maydonga tushirdik. Hozir u qachon safga qaytishi haqida aniq ma'lumot bera olmayman. Tiklanish kamida 2-3 hafta talab etadi. Boyanda esa unchalik jiddiy jarohat emas. Bir haftadan so'ng yana jamoaviy mashg'ulotlarga qaytadi degan umiddaman. Tarkibimizda yo'qotishlar bor, ammo bor imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilyapmiz. Bunday qiyin holatda yigitlar haqiqiy matonat ko'rsatishdi



