

L’Equipe nashrining xabariga ko'ra, federatsiya rahbari Filipp Diallo yakka o'zi harakat qilayotgandek taassurot qoldirmaslik uchun yuzaga kelgan vaziyatni 8 sentyabrga rejalashtirilgan ijroiya qo'mitasi yig'ilishida muhokama qilishni rejalashtirmoqda. FFF Infantino bo'yicha o'z poziciyasini rasman e'lon qilgani yo'q, biroq federatsiyada Diallo "hozirgi holatda" amaldagi FIFA rahbari uchun ovoz bermaydi, deb taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, Fransiyaning bo'lajak ayollar o'rtasidagi U-20 JCHda ishtirok etishi bo'yicha FFF poziciyasi o'zgarishsiz qolayotgani qayd etilgan.
Avvalroq jurnalist Romen Molina Fransiya UEFA poziciyasiga qaramay boykotdan voz kechishi mumkinligini, FFF rahbari esa ijroiya qo'mitasi ortidagi shaxsiy suhbatlarda Infantinoni qo'llab-quvvatlashini takidlagan edi.



