

Bugun "Bavariya" yarim himoyachisi ketma-ket ikkinchi o'rtoqlik o'yinida – "Xaydenxaym"ga qarshi bahsda o'zini yomon his qildi. 15 avgust kuni 23 yoshli futbolchi "Leyptsig" bilan uchrashuv vaqtida o'zini yomon his qilgan edi. "Hammasini bilib olasiz. Jamal yaqin orada bu mavzuda gapiradi. Biz bilardik, xabardor edik. Jamalning o'zi hammasini aytadi. U kiyinish xonasida, kiyimlarini almashtirmoqda, dush qabul qilyapti", – dedi "Bavariya" sport direktori.



