Islombek Ismoilov: "Bunday holat bir kun ro'y berishi kerak edi, ammo..."

Абдулвосит Бектемиров
19 avg 2026, 00:44
Superliga 18-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Neftchi" (4:1) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar ustozi Islombek Ismoilov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Biz uchun alamli mag'lubiyat. Himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Bunday holat baribir bir kun ro'y berishi kerak edi, ammo bunday yirik mag'lubiyatga loyiq emasdik", - deya gap boshladi Islombek Ismoilov.

- Bugungi uchrashuvda besh nafar asosiy tarkib futbolchisi yo'q edi. Ushbu jihat bugungi o'yin natijasiga qanchalik ta’sir qildi?

- Bu bahona bo'lishi kerak emas. Tarkibimizda ularning o'rnini to'ldira oladigan futbolchilar bor edi. Umuman o'yinni oladigan bo'lsak, "Buxoro" qarshi hujumlarda o'ynadi. Birgina xato va raqib penaltidan hisobni ochdi. Undan keyin esa hisob tenglashdi. Ikkinchi taymda esa raqib yana gol urdi. Barcha gollar oddiy xatolardan so'ng ro'y berdi. Barchasida individual xatolarga yo'l qo'ydik. Umuman olganda esa yomon o'ynamadik.

- Bugungi o'yin natijasi ruhiy jihatdan keyingi o'yinlarga bosim bo'ladimi?

- Ushbu holatdan tezroq chiqib ketishga harakat qilamiz. O'yinni tahlil qilib, xatolar ustida ishlaymiz.

- Birinchi davradagi bahs bilan solishtirganda "Buxoro"ning o'yinida qanday o'zgarishlar sezdingiz. Bugun raqib qanday noqulayliklar tug'dirdi?

- "Buxoro" birinchi davrada ham shunday uslubda o'ynagan edi. O'shanda ham penaltidan gol urishgan edi. Deyarli o'zgarishsiz o'yin uslubi. Murabbiyning uslubi yaqqol sezilib turibdi.

https://youtu.be/IDGwVbF9LzY?si=PYXPeDPjsWoKbgJ2

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif