

Bugun "Bavariya" yarim himoyachisi ketma-ket ikkinchi o'rtoqlik o'yinida – "Xaydenxaym"ga qarshi bahsda o'zini yomon his qildi. 15 avgust kuni Musiala "RB Leyptsig" bilan o'yin vaqtida o'zini yomon his qilgan edi.
"Avvalambor, men bilan hammasi joyida! Xabarlaringiz va qo'llab-quvvatlashingiz uchun juda minnatdorman!
Sizlardan ko'pchilik xavotirda ekanini tushunaman. Bugun xavotirlaringizni tarqatib, bazi narsalarni tushuntirib bermoqchiman. Menda nevrologik disfunksiya tufayli yuzaga kelgan, qisqa muddatli, ammo oson davolanadigan absanslar tashxislandi. Bu, masalan, "Leyptsig"ga qarshi yoki hozir "Xaydenxaym"ga qarshi o'yinda sodir bo'lgan vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Bir qarashda bu qo'rqinchli ko'rinishini bilaman, ammo hozirgi vaqtda bu mening kundalik hayotimning bir qismidir. Men ajoyib tibbiy yordam olyapman va juda optimistik ruhdaman. "Bavariya" va mening atrofimdagilar bu yo'lda meni qo'llab-quvvatlashmoqda.
Bundan tashqari, sog'liq uchun hech qanday xavf yo'qligini takidlash muhim. Mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda, chorlovni qabul qilish va nevrologlarning ruxsati bilan tuzalishimga eng ko'p yordam beradigan narsa bilan shug'ullanishni davom ettirish – shunchaki kundalik hayotim bilan yashash va bor ishtiyoqim bilan futbol o'ynashda davom etish mening shaxsiy istagim edi. Men buning uchun mas'uliyatni o'z zimmamga oldim. Umuman olganda, o'zimni juda yaxshi his qilyapman va to'g'ri yo'ldaman. Menga eng yaxshi yordam beradigan narsa – bu sizning qo'llab-quvvatlashingiz ostida jamoam bilan g'alabalar va sovrinlarni qo'lga kiritishda davom etishdir.
Bu sizga meni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi deb umid qilaman. Shu bilan birga, sizning tushunishingizga umid qilgan holda, bu mavzuni bundan buyon faqat eng yaqin tanishlarim, klub va ekspertlar davrasida tutishni istardim. Katta rahmat", – deb yozdi Musiala Instagram'da.



