

“Jamoamiz vakillarini g'alaba bilan tabriklayman. Og'ir bahs bo'ldi. OKMK mazmunli o'yin ko'rsatadigan, yaxshi hujumlar tashkil qiladigan jamoa ekanligi hammaga ma'lum.
Yigitlar yana bir bor xarakter ko'rsatib, oxirigacha chidab berishdi. Umuman olganda, barchasi rejadagidek kyetmadi. Birinchi taymda ikki himoyachimizni yo'qotdik. Oxirida uchinchi himoyachimiz ham qizil kartochka oldi.
Yigitlarga ofarin. G'alabani ushlab qolish uchun borlarini berishdi. Ularga alohida minnatdorlik bildiraman”, – dedi Xomyakov.



