

Al Jobir "Ash Sharq Al Avsat" nashriga bergan maxsus intervyusida shunday dedi:
"Biz doimo tayyormiz va har bir o'yinga puxta hozirlik ko'ramiz. To'g'ri, oldindagi ikki hafta davomida o'yinlar tig'izligi sababli bizda bosim bor, ammo "Al Qodisiya" klubi bunga doim tayyor. Umid qilamizki, g'alabali seriyamizni davom ettirib, Osiyo musobaqasida uzoqqa boramiz".
Mahalliy chempionatdagi g'alabalari haqida esa u shunday javob berdi:
"Xudoga shukur, biz bunga o'rganib qolganmiz. "Al Qodisiya" har mavsumda tobora kuchayib bormoqda va har bir to'qnashuvga bor kuchimiz bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz. Xudo xohlasa, "Paxtakor" bilan o'yinga tayyormiz va g'alaba qozonib, Saudiya Arabistoniga uch ochko bilan qaytamiz".



