"Manchester Siti" futbolchisi endi Saudiya Arabistoni Pro ligasida o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 12:45
"Al Qodisiya" "Manchester Siti" hujumchisi Mahamadu Sangarening transferini e'lon qildi.

19 yoshli fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 2029 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer summasi rasman ochiqlanmagan. “GiveMeSport” ma'lumotlariga ko'ra, "Manchester Siti" futbolchi uchun taxminan 1 million dollar olgan.

2.jpg

Sangare 2025 yilning yozida PSJdan "Manchester Siti"ga erkin agent sifatida o'tgandi. U ingliz klubining asosiy jamoasida birorta ham o'yin o'tkazmadi.

Sangare Fransiyaning o'smirlar terma jamoalarida to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport