

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov to'p tepadigan Eronning “Istiqlol” jamoasi Qatarning “Al Sadd” klubini qabul qildi. Bahs 3:0 hisobida eronliklarning g'alabasi bilan yakun topdi. Ikkala o'zbekistonlik ham bu bahsda ishtirok etdi. Ashurmatov bahsni asosiy tarkibda boshlab, uchrashuvni to'liq o'tkazgan bo'lsa, Jaloliddinov 81-daqiqada maydonga tushdi.
Elit OCHL, 1-tur
“Istiqlol” - “Al Sadd” 3:0
Gollar: Asani 9, Saharxizan 47, Golizoda 90+5.
“Al Qodisiya” - “Al Vasl” 2:1
Gollar: Kvinones 57, Retegi 61 - Spadasio 90+6.



