Abdurauf Bo'riev: "Al Qodisiya"ni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz"

Iskandarov Abdulaziz
12 okt 2026, 11:00
"Paxtakor" yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev "Al Qodisiya" bilan bahsdan oldin Championata.asia saytiga intervyu berdi.

“Raqibimiz juda kuchli ekanini hamma yaxshi biladi. "Al-Qodisiya" ayni paytda Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o'rinda bormoqda. To'p tepayotganlar orasida Tijjani Reynders, Mateo Retegi, Xulian Kinones, Nacho va Yulian Vaygl kabi Yevropaning top-klublarida o'ynagan futbolchilar bor.

Biroq "Paxtakor" o'z maydonida, o'z muxlislari qarshisida to'p tepadi. Biz raqibni hurmat qilamiz, lekin ulardan qo'rqmaymiz. Ilk turda mehmonda Elit OCHLning oxirgi ikki mavsumdagi chempioni "Al-Ahli"ga munosib qarshilik ko'rsatdik.

Barcha muxlislarimizni stadionga kelib, "Paxtakor"ni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman”,- deydi Abdurauf Bo'riev.

Ma'lumot uchun, bugungi o'yin 18:45 da start oladi.

842767937_18355462672223595_6152671270492368117_n.jpg

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia