

- Penalti bo'yicha negativlar avj oldi, bu haqida nima deya olasiz?
- Negativlarga quloq solmaymiz, uni boshqa futbolchi ham ura olmasligi mumkin edi. Ikkinchi golda qutqara olmaganim uchun afsusdaman. Penaltini o'zim so'radim.
Yigitlar ikkinchi bo'limda zo'r o'ynashdi. 80-daqiqagacha gol ura olganimizda balkim yutib ham ketishimiz mumkin edi.
- Bugun kimlar yaxshi o'ynadi deb o'ylaysiz?
- “Nasaf” safida hamma yaxshi harakat qildi. Muxlislar ham maza qilishdi.
- Sardor Bahromovni tez orada boshqa klubda ko'rishimiz mumkinmi?
- Hozircha uni “Nasaf” bilan shartnomasi bor. Sardor yaxshi futbolchi, unga omad tilayman.
- Oxirgi paytlarda sizni penaltilarda ko'p ko'ryapmiz. Keyingi safar ham penaltini sizga berishlarini xohlaysizmi?
- Bundan keyin ham tepaman. Bunaqa holat Ronaldu va Messida ham bo'lgan. Men faqat ikkinchi golni o'tkazib yuborganimdan afsusdaman.
- Sizga nima yoki kim motivaciya beradi?
- Oila a'zolarimdan motivaciya olaman. Murabbiylarni ishonchini oqlashga urinaman.
- Bugun kichkina qizingizni dastlabki tishlari chiqibdi. Ularning qo'llab-quvvatlashi siz uchun qanchalik muhim?
- Mashg'ulotdan charchab kelganingizda farzandlaringizni “dada” deb kutib olishi barcha charchoqlarni chiqarib yuboradi.
- Negativlarga nima deysiz?
- Negativlarga e'tibor bermayman. Bunday odam nafaqat men, istalgan insonga negativ ruhida bo'ladi. Ko'chada zerikkan, ishi yo'q odam negativ yozib o'tiradi.
- Terma jamoadagi intervyuingizni “kibr” deb izohlashdi.
- Hammamizning boradigan joyimiz bir. Otam kibrdan uzoqroq yur deganlar.



