Kilian Mbappe va uning onasi korrupsiya ishi bo'yicha policiya tomonidan so'roq qilindi

Administrator
14 okt 2026, 21:23
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappening onasi va agenti Fayza Lamari pora berishda gumonlanib, Fransiya policiyasi tomonidan tergovga tortildi.

Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, huquq-tartibot organlari Lamarining o'zini hamda tergov talqiniga ko'ra moliyaviy tranzakciyada sherik sifatida qatnashgan bo'lishi mumkin bo'lgan uning o'g'li Kilian Mbappeni rasman so'roq qilishgan.

Tergovchilarning takidlashicha, Fransiya milliy terma jamoasi xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Moxamed Sanxadji futbolchining onasiga to'rtta kirish vizasini tezlashtirilgan tartibda olishda yordam bergan. Ushbu xizmat evaziga "qirollik klubi"ning yulduzli hujumchisi mutasaddining hisob-raqamiga 60,3 ming evro miqdorida mablag' o'tkazib bergan.

Qayd etilishicha, Sanxadji yirik antikorrupsiya ishi bo'yicha asosiy figurant sifatida o'tmoqda. Ushbu tergov doirasida francuz tergovchilari ilgari boshqa taniqli futbolchilarni, jumladan Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Frank Riberini ham so'roq qilishgan edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: L'Équipe