

Tadbir davomida milliy futbol maktabining boy merosini o'rganish, ustozlar tajribasini yosh avlodga etkazish va ushbu bilimlardan futbolchilarni tayyorlash jarayonida samarali foydalanishning ahamiyati haqida so'z yuritildi.
Taqdimotda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ham o'z fikrlarini bildirib, o'zbek futbolining rivojiga ulkan hissa qo'shgan insonlar tajribasini o'rganish, ularning bilim va qarashlarini tizimlashtirish hamda yosh avlodga etkazish muhim vazifalardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, afsonaviy futbolchilar va murabbiylarning tajribasi faqat tarixiy xotira sifatida qolib ketmasdan, bugungi futbol talimi va mashg'ulotlar jarayonida ham o'z aksini topishi lozimligini qo'shimcha qildi.
Mazkur metodik qo'llanma futbolimizning boy ananalarini davom ettirish, to'plangan tajribani ommalashtirish hamda yosh futbolchilar va murabbiylar uchun muhim uslubiy manba yaratish yo'lidagi qadamlardan biridir.












