Pokerga erishgan hujumchi, fantastik gol urgan himoyachi, assist qayd etgan darvozabon - Superligada 15-tur laureatlari

Sherzod Nurmatov
4 avg 2026, 15:40
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 15-turining eng yaxshilarini aniqladi.

15-turning eng yaxshi darvozaboni - Abduvohid Ne'matov (“Nasaf”)

“Nasaf” bu turda Olmaliqda OKMK mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. E'tiborlisi, uchrashuvdagi dastlabki golga aynan darvozabon Abduvohid Ne'matov assistentlik qildi. 8-daqiqada uning uzun pasidan keyin to'pni qabul qilib olgan hujumchi Bobir Abdixoliqov to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'yib, hisobni ochdi. Bundan tashqari, Abduvohid bahs mobaynida muhim pallalarda jamoasi joniga ora kirdi va munosib ravishda tur darvozaboni deb topildi.

darvozabon (8).png

15-turning eng yaxshi murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf”)

Yuqorida takidlanganidek, Ro'ziqul Berdiev jamoasi bu tur Olmaliqda Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi OKMK bilan ro'baro' keldi (2:1). Tur markaziy bellashuvlaridan birida Berdievning ishlanmalari ish berib, qarshiliklar olmaliqliklarning tinimsiz bosimiga qaramay, himoyada tartibli harakat qilishdi va g'alabani saqlab qolishdi. Shunday qilib, tajribali mutaxassis tur murabbiyi sifatida etirof etildi.

murabbiy (7).png

15-turning eng yaxshi futbolchisi - Husayn Norchaev (“Navbahor”)

Yaqin-yaqingacha og'ir jarohatdan tiklanish bilan band bo'lgan hujumchi Husayn Norchaev o'zining zo'r sport formasiga qaytib bormoqda. U “Xorazm” bilan bahsda shunchaki yayradi va naqd 4 ta to'p kiritdi. “Navbahor” uning pokeri evaziga raqibni 5:1 hisobida tor-mor keltirdi. Championat.asia sayti 24 yoshli futbolchini tur futbolchisi nomiga loyiq ko'rdi.

futbolchi (7).png

15-turning eng chiroyli goli muallifi - Azizbek Choriev (“Mashal”)

“Mashal” bu turda o'z maydonida “So'g'diyona”ni mehmon qilib, 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Muborakliklarni bu o'yinda xursand qilgan jihat zaxiradan qo'shilgan himoyachi Azizbek Chorievning olis masofadan urgan super goli bo'ldi. Uning 90+3-daqiqada bergan zarbasi oldida tajribali posbon Milat Mitrovich ojiz qoldi. Quyida golni ko'ring va shunchaki zavqlaning.

gol (7).png

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia