Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor"

Aslanov Jasurbek
30 sen 2026, 16:50
Ayni damda O'zbekiston hamda Suriya o'rtasidagi bahsdan avval Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilmoqda.

“Darvozabon Abduvohid Ne'matovning qo'lida kichik jarohat bor. Jiddiy emas, ammo bu baribir jarohat. Shifokorlarning yakuniy xulosasini kutamiz va ertaga maydonga tushishi yoki tushmasligi bo'yicha qaror qabul qilamiz” - dedi Kannavaro.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Suriya bahsi ertaga (1 oktyabr) “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 19:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia