

Bu haqda The Athletic nashri MYUdagi anonim manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchiga jarima solinishi muqarrar, shuningdek, Lisandro "Manchester Yunayted"ning "Lids"ga qarshi bo'lajak o'yiniga jalb etilmasligi ham mumkin. Jamoalar yakshanba, 18 oktyabr kuni "Elland Roud" stadionida kuch sinashadi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turida "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng o'z klubini musobaqa darajasiga mos kelmaydigan jamoa deb atagan edi. Shuningdek, u texnik direktordan ko'proq narsa kutganini ta'kidlab, shunday degandi: "Sizlar muntazam ravishda murabbiylarni almashtirasizlar, ammo boshqa sohalarchi? Murabbiy va futbolchilar haqida gapirish jo'n narsa, lekin boshqa sohalarga ham qarash kerak".



