OCHL-2. "Nasaf" – "Al Vahda" (matnli translyatsiya)

Aslanov Jasurbek
14 okt 2026, 18:40
"Nasaf" hamda "Al Vahda" o'rtasida o'tkaziladiga Osiyo Chempionlar ligasi-2 "A" guruhining 2-tur bahsi boshlandi.

OCHL-2 (A guruhi)

"Nasaf" (O'zbekiston) - "Al Vahda" (BAA) 0:0

14.10.2026, 18:45

Qarshi, "Markaziy" stadioni

Bosh hakam: Ahmad Yaqub Ibrohim (Iordaniya)

Qanot hakamlari: Hamza Saadeh (Iordaniya), Ayman Faysal Obeydat (Iordaniya)

Zaxira hakami: Vael Haydar (Livan).

Nazoratchi: Ismoil Safiri (Eron).

Komissar: Oraz Mammetgeldiev (Turkmaniston).

"Nasaf": 1. Abduvohid Ne'matov, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev, 17. Murodbek Rahmatov, 92. Umarbek Eshmurodov, 7. Adenis Shala, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 14. Sharof Muhitdinov, 15. Oybek Rustamov, 70. Abbosjon G'ulomov, 20. Yusuf Olaytan Otubanjo.

Zaxira: 21. Samandar Muratbaev, 82. Asilbek No'monov, 3. Muhammadali Abdisoliev, 4. Akramjon Komilov, 6. Sardorbek Bahromov, 10. Bobir Abdiholiqov, 22. Diyorbek Abdunazarov, 23. Dilshod Murtazaev, 27. Yashnarbek Berdirahmonov, 32. Quvonchbek Xushvaqtov, 76. Zafar Sadullaev, 77. Paata Gudushauri.

"Al Vahda": 23. Fakundo Ezekiel Lirussi, 2. Mansur Soleh Barg'ash Almenhali, 3. Lukas Pimenta, 35. Amen Alloh El Mejed, 6. Muhammad G'orbani, 8. Adam Gnezda Cherin, 12. Abdulla Hamad Almenhali, 25. Jadsom Mimias, 11. Fakundo Kruspzkiy, 20. Kristian Benteke, 94. Brahima Diarra.

Zaxira: 26. Hazaa Ammar, 13. Haza Shehab Alhammadi, 30. Favur Ogbu, 32. Gonsalo Moura, 15. Mobin Dehg'an, 66. Gaston Suares, 80. Abdulqodir Alsomhi, 97. Sam Mark Koffi, 7. Kayo Kanedo Korrea, 19. Asher Kris Ofega, 38. Arnau Algaba, 93. Djeyms Matis Uesli.

Ogohlantirish: G'olib G'aybullaev(14)

21-daqiqa. "Nasaf" futbolchilari raqib jarima maydoni ichida ketma-ket bir nechta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biroq qarshiliklarning ketma-ket yo'llagan zarbalarini "Al Vahda" himoyachilari bartaraf etishdi.

17-daqiqa. "Nasaf"ning navbatdagi hujumi Murodbek Rahmatovning zarbasi bilan yakunlandi, biroq uning tepgan to'pi noaniq ko'rinish oldi.

🟨 14-daqiqa. "Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullaev maydon markazida raqibga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam vaziyatni e'tiborsiz qoldirmadi va G'aybullaevni sariq kartochka bilan jazoladi.

🧤 9-daqiqa. Darvozamiz oldida juda xavfli vaziyat! "Al Vahda" hujumchisi Kristian Benteke himoyachilardan qochib ketgan holda Abduvohid Ne'matov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ne'matov oyog'i bilan qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

⚠️ 4-daqiqa. "Nasaf" yarim himoyachisi Adenis Shala olis masofadan raqib darvozasiga kuchli zarba yo'lladi. "Al Vahda" darvozaboni Fakundo Lirussi to'pni to'g'ridan-to'g'ri egallab ololmadi, biroq ikkinchi harakat bilan xavfni bartaraf etdi.

⏱️ 1-daqiqa. Bosh hakam Ahmad Yaqub Ibrohimning hushtagi yangrab, uchrashuvga start berildi. "Markaziy" stadionida kechayotgan bahsda mezbon "Nasaf" ananaviy qizil, mehmon "Al Vahda" jamoasi esa qora rangli liboslarda harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia