"Manchester Siti" - PSJ. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda

Administrator
14 okt 2026, 22:56
Birozdan so'ng Chempionlar Ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 2-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" va "Pari Sen-Jermen" klublari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bahs Manchestyerdagi "Etixad" stadionida o'tkaziladi. Bosh hakam sifatida Sven Yablonski (Bremen, Germaniya) ishlaydi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari:

"Manchester Siti": Donnarumma, Diash, Anderson, Gexi, Xoland, Sherki, Doku, Fernandes, Gvardiol, Semeno, Abduqodir Husanov.

"Pari Sen-Jermen": Safonov, Hakimi, Markinos, Ruis, Dembele, Akliush, Due, Vitinya, Mendesh, Zair-Emeri, Pacho.

Umumiy bosqichning 3-turida "Manchester Siti" AEKga qarshi maydonga tushsa (20 oktyabr), "PSJ" esa "Barselona" bilan kuch sinashadi (20 oktyabr).

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia