

Samarqandda "Dinamo" "Lochin"ni qabul qiladi. Guruhning ikkinchi bahsida esa "G'azalkent" va "Lokomotiv" o'zaro bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv soat 18:00 ga belgilangan.
Shuningdek, bugun Bekobodda "Metallurg" "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qiladi. Toshkent viloyatning yana bir jamoasi OKMK esa "Aral"ni mehmon qiladi. Guruhdagi har ikki bahs 19:00 ga belgilangan.



