Ildar Sakaev: "O'yin tugashi bilan alhamdulillah dedim"

Aslanov Jasurbek
19 may 2026, 21:43
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Respublika FA" - "Mashal (0:2) uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi.

Bunda "Mashal" bosh murabbiyi Ildar Sakaev ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin tugashi bilan alhamdulillah dedim. Noxush seriya qachondir tugashi kerak edi-ku. 14ta uchrashuvning faqat bittasida yutdik. Ruhiy o'raga tushib qolgandik. Bugun Kubokning oxirgi o'yinini g'alaba bilan yakunladik, endi jamoaga dam beramiz. Yaxshi bahs guvohi bo'ldik, g'alaba jamoamiz foydasiga ishlaydi deb umid qilaman. Umuman har bir o'yindan dars olsa bo'ladi. Kubokni guruh bosqichida tugatdik, endi bor e'tiborni chempionatga qaratamiz. Ikkinchi davraga rejalar tuzib qo'yganmiz, shular ustida ish olib boramiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia