"Manchester Siti" yetakchisi Gvaridola ketishi sabab jamoani tark etmoqchi

20 may 2026, 09:30
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri faoliyatini "Real"da davom ettirishga tayyor.

Marca xabar berishicha, bosh murabbiy Pep Gvardiola 10 yillik ishdan keyin "Siti"ni tark etishi ma'lum bo'lgandan so'ng 29 yoshli yarim himoyachi Ispaniyaga qaytish g'oyasini yoqtirib qolgan. Bu g'oya uning xayolida doim bo'lgan.

"Real" qulay sharoitlarda transfer amalga oshishi mumkin deb hisoblashmoqda. Klub Rodrining yetakchilik sifatlari, taktik sezgiri, o'yinning balansi va nazorat qobiliyatidan uzoq vaqtdan beri hayratda. O'yinchining o'zi ham Madrid safida o'ynashni juda xohlaydi.

Biroq Ispaniya terma jamoasi o'yinchisining shartnomasi yana bir yilgacha davom etayotgani uchun uni sotib olish oson bo'lmaydi. Rodrining o'zining xohishi transferga yordam berishi mumkin.

Ispaniyalik bu mavsum APLda 21 o'yinda 1 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca