“G'azalkent” – “Lokomotiv” bahsi qaysi stadionda o'tishi ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
19 may 2026, 19:20
O'zbekiston Kubogi 3-turidan o'rin olgan uchrashuvga “Lokomotiv” stadioni mezbonlik qiladi.

Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor, 22 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 safari oldidan “Bunyodkor” stadionida nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

Shu sababli musobaqaning “B“ guruhi 3-turidan o'rin olgan “G'azalkent” – “Lokomotiv” bellashuvi “Lokomotiv” stadionida tashkil etiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz