

Myunxenliklar posboni kecha jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashmadi va bugungi mashg'ulotlarni ham o'tkazib yuboradi.
Avvalroq, 40 yoshli darvozabon Bundesliganing shanba kungi "Kyoln"ga qarshi o'yinidan (5:1) so'ng chap oyoq boldir mushaklarida og'riq his qilayotgani xabar qilingandi.
Bild nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, ertaga Noyerning boldir mushaklari tiklanganini tekshirish uchun tibbiy ko'rik o'tkaziladi. Test natijalari jamoa sardori shanba kuni "Shtutgart"ga qarshi kechadigan Germaniya Kubogi finali oldidan ertangi mashg'ulotlarga qayta olishi yoki yo'qligini belgilab beradi.
Shuningdek, Noyerning yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatida qatnashishi ham aynan ushbu tibbiy ko'rik natijalariga bog'liq bo'lib turibdi.



