MYU Antoniga narx belgiladi

Khoja
14 iyun 2025, 08:32
“Manchester Yunayted“ yozda Antoni bilan xayrlashishga tayyor.

 “Qizil iblislar“ futbolchiga narx belgiladi. Agarda qaydir jamoaga Antoni qiziq bo'lsa, MYUga 50 million evro o'tkazib berishi lozim bo'ladi.

Avvalroq, “Betis“ sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olmoqchi edi. Ispaniya jamoasi braziliyalik futbolchiga 35 million evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Antoni o'tgan mavsumning ikkinchi qismida “Betis“ safida harakat qildi. U ispan jamoasi safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru