

Mirjalol Qosimov: “Asosiysi 3 ochkoga ega bo'ldik. Yigitlarga bugungi bahs og'ir kechishini aytgandim. “Mashal” himoyada tartibli o'ynayotganini guvohi bo'lgandik. Shu sababli futbolchilarga shoshilmasdan harakat qilib, sabr bilan o'ynash kerakligini tushuntirgandim. Ammo gaplarimni to'liq etkazib bera olmagan ko'rinaman, chunki xatolarga yo'l qo'ydik va “Mashal” bundan unumli foydalandi. Shunga qaramay ikkinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar yaratdik va baribir harakatlarimiz o'z samarasini berdi. Intizomli himoyaga ega bo'lgan jamoaga gol urish qiyinroq.
- Bugungi bahsda OKMK safida ko'nglingiz to'lmagan futbolchi bo'ldimi?
- Unday deya olmayman. Barcha futbolchi maydonga g'alaba uchun tushadi. Shoshilish sabab xatolar yuz berdi. Lekin har bir o'yinchi jonini berib o'ynadi.
- Hakamlik haqida fikringiz?
- Bu savolni menga emas, hakamlarni nazorat qiladigan qo'mitaga berganingiz maqul. Biz o'z o'yinimiz borasida fikr bildira olamiz.



