"Manchester Yunayted" va "Yuventus" "Bolonya" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

26 iyul 2026, 18:30
"Manchester Yunayted" va "Yuventus" "Bolonya" markaziy himoyachisi Jon Lukumiga qiziqish bildirmoqda.

Turin klubi 28 yoshli futbolchi uchun 18 million evro taklif qilgan, biroq rad javobini olgan. Qayd etilishicha, "qizil iblislar" "Bolonya" uchun yanada foydaliroq taklif kiritishga qodir.

Lukumi JCH-2026da Kolumbiya terma jamoasi safida beshta o'yin o'tkazdi. Himoyachi 2025/26-yilgi mavsumda klub darajasidagi barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda qatnashib, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport