"Al Rayyan" Sanchoga shartnoma taklif qildi. Ingliz futbolchisi MYUni tark etganidan so'ng klubsiz qolmoqda

26 iyul 2026, 21:29
Qatarning "Al Rayyan" klubi MYUning sobiq vingeri Jeydon Sanchoga shartnoma taklif qildi.

26 yoshli futbolchi ingliz klubini tark etganidan so'ng erkin agent maqomida yuribdi.

Sancho o'tgan mavsumni "Aston Villa"da ijara asosida o'tkazdi va APLda 23 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato