OKMK - "Mashal" uchrashuvidan so'ng Otabek Shukurov muborakliklar kiyinish xonasiga kirdi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2026, 00:03
"Mashal" Superliganing 14-turida OKMKga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvdan so'ng “Mashal” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi Otabek Shukurov muborakliklar kiyinish xonasiga kirdi va jamoa vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Shukurov futbolchilarga iliq tilaklarini bildirib, mavsumning qolgan qismida ishonch, jipslik va kurashchanlik bilan harakat qilishga chaqirdi. O'zi bosib o'tgan futbolchilik yo'li haqida gapirib, mehnat va intizom har qanday futbolchini katta yutuqlarga olib chiqishini ta'kidladi.

Shuningdek, Otabek Shukurov jamoaga o'z imzosi tushirilgan esdalik futbolkasini sovg'a qildi. Bu sovg'a futbolchilar uchun yoqimli xotira va qo'shimcha motivaciya bo'ldi.

photo_2026-07-27_22-35-19.jpgphoto_2026-07-27_22-35-21.jpgphoto_2026-07-27_22-35-22.jpgphoto_2026-07-27_22-35-16.jpgphoto_2026-07-27_22-35-18.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати