

Angliya klubi allaqachon futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan. "Qizil iblislar" 43 million funt taklif qilishga tayyor. Qayd etilishicha, "Roma" ko'proq so'rashi mumkin.
Manu Konening mehnat shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda. Yarim himoyachi A Seriyada 63 ta o'yin o'tkazib, "gol+pas" tizimi bo'yicha "4+4" qayd etdi.



