

“Atletiko Madrid” – “Arsenal” 1:1
Gollar: 44 - Viktor Yokeresh, 56 - Xulian Alvares
“Atletiko Madrid”: 13. Yan Oblak, 3. Matteo Rujeri, 14. Markos Lorente, 18. Mark Pubil, 17. David Gancko, 20. Juliano Simeone (24. Roben Le Norman, 46’), 6. Koke, 5. Jonni Kardozo (16. Nauel Molina, 88’), 22. Ademola Lukman, 7. Antuan Grizmann, 19. Xulian Alvares (10. Aleks Baena, 77’).
Zaxira: 1. Xuan Musso, 31. Salvi Eskivel, 15. Kleman Langle, 32. Xaver Bonyar, 34. Xulio Dias, 4. Rodrigo Mendosa, 11. Tyago Almada, 21. Obed Vargas, 9. Aleksandr Syorlot.
“Arsenal”: 1. David Rayya, 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 5. Pero Inkape, 4. Ben Uayt (3. Kristyan Moskera, 86’), 41. Deklan Rays, 36. Martin Subimendi, 8. Martin Edegor (10. Eberechi Eze, 58’), 11. Gabriel Martinelli (19. Leandro Trossard, 68’), 14. Viktor Yokeresh (9. Gabriel Jezus, 69’), 20. Noni Madueke (7. Bukayo Saka, 69’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 35. Tommi Setford, 33. Rikkardo Kalafori, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 89. Marli Selmon, 16. Kristian Nyorgor, 56. Maks Doumen.
Ogohlantirishlar: 78 - David Gancko
90+7. O'yin yakunlandi!
90+4. Molinaning o'ta kuchli zarbasi biroz noaniq bo'ldi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
89. Raysning uzoq masofadan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
87. Moskeraning zarbasini Oblak qaytarib yubordi!
85. Trossardning zarbasi “Atletiko” futbolchilaridan o'tmadi.
81. Penalti bekor qilindi, o'yin davom etadi!
79. Holat VARda ko'rilmoqda. Bosh hakam o'zi monitorda ko'rmoqda.

78. Penalti, “Atletiko” darvozasi tomon! Ezega nisbatan qo'pollik ishlatildi!
77. Alvares o'zini noqulay his qildi maydonda, u almashtirilmoqda.
74. Lukman darvozaga juda yaqin masofadan zarba berdi, Rayya to'pni qaytardi!
70. “Arsenal” biryo'la uchta o'zgarishni amalga oshirdi, buyog'iga o'yin yanada qizishi aniq.
65. Lukmanning darvoza tomon tepgan to'pi osmon-u-falakka yo'l oldi.
64. Alvares burchak zarbasidan uzatma emas, darvozaga zarba berdi va Rayya qaytarib yubordi.
63. Grizmanndan ketma-ket ikkita zarba!!! Birinchisi darvoza to'siniga tegdi, hujum davom etdi va to'p yana Antuanga keldi, ikkinchi zarbasi darvozaga bormadi. Dahshat!
59. Kurash boshlanib ketdi, allaqachon. Maydon markazida follar ko'paymoqda.
57. Hisob tenglashdi, har ikki gol ham penaltidan urildi. Hammasi qaytadan boshlanadi!

56. GOL! Alvares penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi!
55. Penalti, “Arsenal” darvozasi tomonga endi!
54. Lorentening zarbasidan so'ng to'p “Arsenal” futbolchisining qo'liga tegdi, holat VARda ko'rilmoqda.
53. Zo'r vaziyat! Alvares Lukmanga yaxshi pas berdi, uning zarbasini Rayya qaytardi, Grizmann qaytgan to'pga zarba berdi, bu safar himoyachi to'pni qaytarib yubordi!
49. Alvares chamasi 30 metrlardan qo'yilgan jarima zarbasidan zarba berdi, ammo biroz noaniq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:
To'p nazorati - 48% - 52%
Darvoza tomon zabarlar - 5 - 6
Aniq zarbalar - 1 - 1
Burchak zarbalar - 1 - 1
Uzatmalar aniqligi - 80% - 90%
Seyvlar - 0 - 1
45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+1. Rujering havolatib uzatgan to'pni Lukman bosh bilan zarba berdi, biroq noaniq.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Hisob ochildi, endi o'yin ochilib ketarmikin? Katta ehtimol buni 2-bo'limda ko'ramiz.

44. GOL! Yokeresh penaltidan hisobni ochdi! Viktor o'ziga ishlagan jarimani, o'zi aniq amalga oshirdi!
42. Penalti, “Atletiko” darvozasi tomon! Yokereshga nisbatan qo'pollik ishlatildi!
42. Juliano o'ngdan oldinga yurish qilib to'pni markazga uzatdi, to'p Alvaresga kelib tushdi, u esa to'pni o'ziga to'g'rilaomqchi bo'lib, uzoqlashtirib yubordi.
38. Jamoalar o'zidan kutilgan - ortiqcha faolliksiz, hujumlarga boy bo'lmagan o'yinni namoyish etishmoqda.

35. Mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan turib Ispaniya Qiroli Filipp VI kuzatib bormoqda.
30. Maduekening uzoq masofadan bergan kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.
21. Yokereshning burni qonab ketdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
15. Yokeresh qarshi hujumga qochib ketdi, to'pni markazga - Edegorga uzatdi, uning tepgan to'pini madridliklar vakili qaytarib yubordi!
14. Alvaresdan zo'r zarba, Rayyadan ajoyib seyv! Yaxshi vaziyat ko'rdik, nihoyat!
11. O'yinning dastlabki dekadasi yakuniga etdi. Hozircha aytarli xavfli vaziyat ko'rmadik.
6. “Arsenal”dan dastlabki zarba: Inkapening zarbasi sherigi Mantinelliga tegib, maydonni tark etdi.
1. Ilk daqiqalardanoq maydon egalari faol, hujum yakuniga etmay qoldi.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Yevropa Chempionlar Ligasining 1/2 final bosqichidan o'rin olgan “Atletiko Madrid” – “Arsenal” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



