Ronaldu imidjini o'zgartirdi

14 avg 2026, 07:55
"Al Nascr" hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida sochlarini zarg'aldoq (tulkisimon) rangga bo'yagani aks etgan suratni joylashtirdi.

15 avgust kuni "Al Nascr" saudiya Pro-Ligasining yangi mavsumini "Al Fatex"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Riyoz klubi ligada g'olib chiqqan edi.

2025/2026 yilgi mavsumda Ronaldu "Al Nacsr" va Portugaliya terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda 36 ta gol urgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 10 mln evroni tashkil etadi.

1786643262471029858.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com